Ohangaron daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Toshkent viloyati Piskent tumanida tunda noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgan fuqarolar qo‘lga tushdi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining xabar berishicha, holat Ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan reyd davomida aniqlangan.
Fuqarolar Piskent tumani hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosining eski o‘zani bo‘yida yuklagich yordamida qum-shag‘al aralashmalarini HOWO rusumli yuk mashinasiga ortayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tabiatga 3 696 204 960 so‘m (uch milliard olti yuz to‘qson olti million ikki yuz to‘rt ming to‘qqiz yuz oltmish) zarar yetkazilgani aniqlandi va avtotransport vositalari Piskent tumanida joylashgan jarima maydoniga joylashtirildi.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun prokuratura organiga yuborilgan.
Mavzuga oid

10:11
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

08:30 / 04.07.2025
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

21:14 / 29.06.2025
Ohangarondagi suv taqchilligi: fermerlar kanaldagi qo‘shimcha quloqlardan norozi

09:32 / 15.03.2025