Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani ma’lum bo‘ldi
Raqobat qo‘mitasining ta’kidlashicha, ortiqcha undiruvlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.

Foto: Ramiz Baxtiyarov
Raqobat qo‘mitasi 2024 yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 200 mingdan ortiq iste’molchilardan turli mahsulotlar va xizmatlar uchun 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ortiqcha olinganini aniqladi.
Qayd qilinishicha, jumladan, «O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan ichimlik suvi uchun narx shakllantirish talablari buzilgani aniqlangan. Oqibatda, iste’molchilardan 7 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha mablag‘ undirilgan.
Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli Nizomi talablari buzilishi oqibatida 5 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha mablag‘ undirilgani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, ortiqcha undiruvlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
2024 yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, raqobat qonunchiligi talablari buzilgan 400 dan ortiq holat yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

11:13
Raqobat qo‘mitasi konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

15:59 / 18.06.2025
Ko‘plab avtobus bekati talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi

14:00 / 18.06.2025
Ayrim dorixonalar 2,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

11:41 / 11.06.2025