Ikki viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
«O‘zgidromet» 25–28 fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida 25–28 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Quyidagi hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiriladi:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Prognozlarga ko‘ra, dam olish kunlari kuzatilgan bahoriy iliq ob-havodan so‘ng ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Havo harorati pasayadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.
Yuqoridagi hududlarda 15–18 fevral kunlari ham qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi. 18 fevral kuni Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi yuz berdi. Eski qor qoplamidan hajmi 154 metr kub bo‘lgan qor ko‘chkisi tushgan. Hosida oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid

12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi

22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

13:12 / 21.05.2025