Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi
Bu yilgi qish vodiy haydovchilari uchun avvalgi yillardan-da og‘ir keldi. O‘tgan yili xuddi shu paytda soatli rejimda, navbat ko‘p bo‘lsa-da ishlab turgan metan zapravkalar bu yil deyarli ochilmadi. “Metanni esdan chiqarganman. Ijaraga Damas olib haydovchilik qilaman. Ilojsizlikdan benzinda yuribman. Ijara, kunlik daromaddan orttirib bola-chaqamga zo‘rg‘a 4 ta non olib kiryapman xolos”, deydi haydovchilardan biri.

20 fevral kuni Kun.uz muxbiri Farg‘ona shahridagi bir qancha metan zapravkalarda bo‘lib holat bilan tanishdi. Soat 16:30 lar chamasi zapravka eshiklariga qulf osilgan. Lekin shunda ham “ochilib qolarmikan?” deya umid bilan mashinasini navbatga qo‘yib turgan haydovchilar juda ko‘p.
“Benzinda yurganimga ko‘p bo‘ldi. Benzin qimmat, ham sifatsiz. Ilojsizlikdan 80 markali benzin quyib yuribman. Tanishlarim zapravkalar kechasi shartnomasi borlar uchun quyib beryapti degani uchun umid bilan kelib navbatga qo‘ydim. Chiqmagan jondan umid-da. Haydovchilarga bu yil har yilgidan-da og‘ir keldi. Qiynalib ketdik”, deydi haydovchilardan biri.
“Mashinalarga gaz quyib sotsak bizga ham yaxshi-ku, ishlamaganimizga ancha bo‘ldi. Tepadan gaz berishmaganidan keyin ishlay olmayapmiz-da. Quvurlarda bosim past deyishyapti. Davlat mashinalariga, zapravkamiz bilan shartnoma qilgan ayrim tashkilotlar uchun kechasi 1-2 soatga ochib quyib beryapmiz”, deydi AGTKSh ishchilaridan biri.
Soat 20:00 da sanoqli zapravkalar o‘z eshigini ochdi. Oldi qatorning hammasini katta yuk mashinalari egallagan. Tashqarida esa yengil mashina haydovchilari mo‘ltirab turardi...
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov
Mavzuga oid

17:11 / 22.07.2025
“Hayp uchun qildim” - Avtosalon rahbari sinov maqsadida xodimlarining ustiga mashina haydadi

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

15:49 / 18.07.2025