Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dorixona sotuvchilari kuchli dorilarni retsepsiz sotgan vaqtida ushlandi
O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bo‘limi, DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "A.Navoiy" MFY hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.Sh. va boshqalarning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda mashina salonida 231 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelgani aniqlanib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A-376 avtomagistral yo‘lining “Jizzax-Zarbdor” yo‘nalishida harakatlanib kelgan fuqaro E.R.ning boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi A.Z. MChJga qarashli dorixona sotuvchisi I.S. fuqaro M.X.ga sotish uchun yuborgan 20 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Yunusobod va Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda N.Ph. va L.L. MChJga qarashli dorixona sotuvchilari kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini retsepsiz sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonalardan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 23 quti Benzonal va “Tizersin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

09:27 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi

13:09 / 21.07.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

16:47 / 19.07.2025
Antibiotiklardan tashqari boshqa oddiy dorilar ham organizmning tabiiy himoya tizimini buzishi mumkinligi aniqlandi

12:33 / 11.07.2025