Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi
Suhbatda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Baxtiyor Saidov va Marko Rubio
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Bugun AQSh Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan birgalikda telefon orqali samimiy va samarali suhbat qurdik. Ikki va ko‘p tomonlama aloqalarning muhim mavzularini muhokama qildik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSh Davlat departamenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishiga kelishib oldik. Ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam ko‘priklar barpo etish, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni ta’minlash kun tartibimizning asosiy qismidan o‘rin oldi», deb yozdi Baxtiyor Saidov.
Bu Baxtiyor Saidovning AQSh yangi davlat kotibi Marko Rubio bilan birinchi muloqoti bo‘ldi.
Mavzuga oid

00:39
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi

23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

22:38 / 22.05.2025
Tramp Oq uyda JAR prezidentini «oqtanlilar genotsidi» ayblovi bilan kutib oldi

22:22 / 22.05.2025