Jahon banki 2025 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishda davom etishini prognoz qilmoqda
Jahon banki global iqtisodiyot va alohida mintaqalar, jumladan, Yevropa va Markaziy Osiyo uchun tendensiyalar, prognozlar va xavflarni tahlil qiluvchi "Global iqtisodiy istiqbollar" hisobotining so‘nggi nashrini e’lon qildi.

Foto: Jahon banki
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi Jahon banki ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 2024 yil oxirida 6 foizni tashkil etdi.
Tashkilotning O‘zbekistonga 2025 yil uchun prognozi 5,8 foizni, 2026 yil uchun esa 5,9 foizni tashkil etadi. Bu Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
2024 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 115 milliard AQSh dollariga yetdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston 2025 yilda 43 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, mamlakat o‘z oldiga eksport hajmini 30 milliard AQSh dollaridan oshirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Mavzuga oid

17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi

16:15 / 02.05.2025