Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi.

Davlat rahbari Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mish’al as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining a’zolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sammit yakunida qo‘shma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi.
Davlat rahbari madaniy dastur doirasida "As-Salom" saroy-muzeyining Quvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlat rahbarini valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Davlat rahbari Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid

21:05 / 30.05.2025
Rasman: Qurbon hayiti 6 iyunda nishonlanadi

20:50 / 30.05.2025
Prezident global siyosiy jarayonlar sharoitida Italiya bilan muloqot maydonini yaratish nihoyatda zarurligini ta’kidladi

20:07 / 30.05.2025
Markaziy Osiyo va Italiya rahbarlari Ostonada hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi

08:10 / 30.05.2025