Ilon Mask «Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt» - Grok 3ʼni taqdim etdi

Foto: Shutterstock
Neyrotarmoq 200 mingta Nvidia H100 chiplaridan foydalangan holda Colossus «gigakompyuteri»da takomillashtirilgan. Maskning so‘zlariga ko‘ra, Grok 3 o‘zidan oldingi modeldan o‘n barobar kuchli. Kompaniya xodimlari o‘tkazgan testlar davomida Grok 3 asosiy raqobatchilari — GPT-4o, Claude 3.5 Sonnet, Gemini-2 Pro va DeepSeek-V3’ni ortda qoldirgan.
Yangi model ikkita modifikatsiyada taqdim etildi: Grok 3 Reasoning va Grok 3 mini. Bundan tashqari, model murakkab vazifalar hamda axborotni chuqurroq qidirishga mo‘ljallangan Big Brain va Deep Search funksiyalariga ega.
Grok 3ʼning barcha funksiyalaridan foydalanish uchun oyiga 30 dollar turadigan SuperGrok obunasini rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

22:08 / 06.06.2025
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

12:05 / 06.06.2025