Xitoy tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga borishi mumkin - OAV
Janglar tugaganidan keyin tinchlikni saqlash uchun xalqaro sa’y-harakatlarga hissa qo‘shish maqsadida Xitoy «yetarlicha askarlar va harbiy kuchga ega» ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Xinhua
O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgandan keyin, agar zarurat bo‘lsa, Xitoy Ukrainaga tinchlikparvar kontingentini yuborishi mumkin. Bu haqda Xitoyning Singhua universiteti qoshidagi Xalqaro xavfsizlik va strategiya markazining katta ilmiy xodimi, Xitoy armiyasining sobiq polkovnigi Chjou Bo Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Honkongning South China Morning Post (SCMP) gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukrainadagi tinchlikparvar kuchlar nafaqat NATO mamlakatlari, balki Hindiston kabi boshqa davlatlar vakillari bo‘lsa, u holda Xitoy ham harbiylarni yuborishi mumkin bo‘ladi.
Janglar tugaganidan keyin tinchlikni saqlash uchun xalqaro sa’y-harakatlarga hissa qo‘shish maqsadida Xitoy «yetarlicha askarlar va harbiy kuchga ega», dedi janob Bo. «Agar tinchlikparvarlik amaliyotlari faqat Yevropa davlatlari tomonidan bajarilsa, Rossiya buni NATO ishtirokining yana bir shakli sifatida ko‘rishi mumkin», deb qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq The Economist nashri, nomi oshkor etilmagan amerikalik mulozimlarga ko‘ra, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilsa, u yerda tinchlikparvar sifatida nafaqat Yevropa davlatlaridan, balki, masalan, Braziliya yoki Xitoydan ham harbiy xizmatchilar qatnashsa yaxshi bo‘lardi, deb yozgan edi.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

14:29 / 18.04.2025
Tramp: «Zelenskiyni urushda ayblamayman»

13:46 / 18.04.2025