Qo‘qonda “oshkora qotillik”: ko‘pyillik chinor kuppa-kunduzi kesib ketildi
Qo‘qon shahrida ko‘p qavatli uy yonida chinor daraxti hech qanday asos va tegishli hujjatlarsiz kesildi. Daraxtkushlar uni yaroqsiz holga keltirish uchun bir necha bor kesishga uringan.

Foto: Ekologiya boshqarmasi
Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uy yonidagi ko‘pyillik chinor daraxti kesib tashlangani yuzasidan Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, "Zilol" MFY A.Xo‘qandiy mavzesi 53-ko‘p qavatli uy joylashgan hududda sog‘lom chinor daraxti arralab ketilgan.
“O‘rganishda haqiqatdan ham hududda noma’lum shaxslar tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz ko‘pyillik chinor daraxtining tagidan yarim qismiga qadar arralab ketilgan holati aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, dalolatnoma tuzilgan hamda o‘simlik dunyosiga 117 mln so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan.
Xabarda ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Qo‘qon shahar prokuraturasiga topshirilgani va hozirda tergovga qadar o‘rganish ishlari olib borilayotgani bildirilgan.
Qayd etish joiz, mazkur chinor daraxtining kesilishiga oid tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolarda daraxtni birinchi marta kesish boshlanganda profilaktika inspektori va ekologiya bo‘limi xodimlari daraxtkushlarni ushlagan bo‘lsa-da chora ko‘rilmagani, ertasiga esa daraxtni kesishga yana bir marta urinib, uni yaroqsiz holga chiqarishgani bayon qilingan. Ularning oq rangli Damas mashinasida kelib, daraxtni kesgani ta’kidlangan.
Mavzuga oid

14:47 / 01.07.2025
So‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi

18:24 / 24.06.2025
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi

09:37 / 12.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi

15:09 / 03.06.2025