Tanzila Norboyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
12 fevral kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.

Foto: Senat.uz
Muloqot davomida O‘zbekiston va Yevro Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi strategik munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof etildi.
YeIning GSP+ tizimi doirasida savdo, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, innovatsiya sohalaridagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatda inson huquqlarini, gender tenglikni ta’minlashga hamda fuqarolik institutlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga qaratilgan ishlar alohida qayd etilib, bu borada rivojlangan davlatlarning tajribalarini o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan parlamentlararo munosabatlarni kuchaytirish hamda qonun ijodkorligi va parlament nazoratini takomillashtirishga oid hamkorlik dasturlarini yo‘lga quyishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

14:36 / 17.05.2025
YeI Rossiyaga bir vaqtning o‘zida to‘rtta sanksiya rejimini qo‘llaydi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida

18:22 / 14.05.2025