Kech nonushta qilish depressiyaga olib kelishi mumkin - tadqiqot
Olimlar nonushtani kechiktirish yoki undan voz kechish uyqu va jismoniy faollik bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishini ham ta’kidlamoqda.

Foto: Shutterstock
Xitoylik olimlar ertalab soat to‘qqizdan keyin nonushta qiladigan odamlarda depressiya alomatlari 28 foizga ko‘proq uchrashini aniqladi. Tadqiqot natijalari The Journal of Affective Disorders jurnalida chop etildi.
Sian universiteti Birinchi klinik shifoxonasi tadqiqotchilari 11 yil mobaynida 24 mingga yaqin katta yoshli odamlarning ovqatlanish ratsionini o‘rganib, ularning sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarni kuzatgan. Olimlar sinov ishtirokchilari ertalab muntazam nonushta qilish-qilmasliklarini, shuningdek, kunning qaysi paytida birinchi marta ovqatlanishini qayd etib borgan.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ertalab soat to‘qqizdan keyin nonushta qiladigan erkaklar va ayollarda kayfiyat yomonlashuvi va ruhiy salomatlik muammolari, soat 08:00 gacha nonushtani tugatadigan kishilarga nisbatan deyarli uchdan bir qismga ko‘proq kuzatilgan. Shuningdek, nonushtadan butunlay voz kechish ham xuddi shunday salbiy natija ko‘rsatishi aniqlandi.
Nonushtani kechiktirish yoki umuman qilmaslik uyqu muammolariga, jismoniy faollikning pasayishiga yoki hayotiy ishtiyoqning susayishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlamoqda olimlar.
Avvalroq rossiyalik endokrinolog va diyetolog Oksana Mixaleva nonushta qilmaslik diabet va semizlikka olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi

11:30 / 24.03.2025