Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi
Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilgan fuqaro poytaxtdagi klinikalardan biri sifatsiz xizmat ko‘rsatganini bildirgan. O‘rganish davomida ushbu shifoxona bolalar terapevtik stomatologiyasi bo‘yicha litsenziyaga ega emasligi ma’lum bo‘lgan.
Toshkent shahrida bolalarni litsenziyasiz davolagan shifoxonaga chora ko‘rildi, deb xabar beradi Raqobat qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaga fuqaro Sh.G. farzandlari va ayolini «Nazar medical» MChJga tishlarini davolatishga borgani va bir necha kuni muolaja qilingani, biroq xizmat sifatsiz ko‘rsatilgani natijasida plombalari tushib ketgani sababli to‘langan pul mablag‘larini qaytarish va chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat «Nazar medical» MChJni jalb etgan holda o‘rganilganda, korxona tomonidan iste’molchiga xizmat ko‘rsatilgani, xizmatlar esa amaldagi talablarga muvofiq bajarilgani ma’lum qilingan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organ Sog‘liqni saqlash vazirligini jalb etgan holda o‘rganishlar davom ettirilganda, vazirlik tomonidan bolalar terapevtik stomatologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya berilmagani aniqlangan.
Shuningdek, klinika tomonidan fuqaroning farzandiga tegishli tibbiy hujjatlar taqdim etilmagani, bemorga ko‘rsatilgan stomatologik tibbiy xizmat davolash klinik protokollarga mos ravishda amalga oshirilmagani haqida ekspert xulosasi berilgan.
Shundan so‘ng to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda litsenziya talablari bo‘yicha chora ko‘rish uchun vakolatli organga yuborilib, «Nazar medical» MChJga nisbatan aniqlangan litsenziya talab va shartlarining buzilishi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etilishi bo‘yicha qaror chiqarilgan.
Mavzuga oid

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

20:16 / 05.05.2025