Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB: Avtobusda voyaga yetmagan bolaga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan shaxs ushlandi
Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Foto: IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs voyaga yetmagan bolaga nisbatan tegajog‘lik qilganligi aks etgan video tarqalgani xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB tomonidan videoda aks etgan holat bo‘yicha o‘rganishlar jarayoni o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 4 fevral kuni taxminan soat 21:00 larda 1988 yilda tug‘ilgan X.G‘. Chilonzor tumani hududida harakatlanayotgan avtobus salonida voyaga yetmagan, 2012 yilda tug‘ilgan U.I.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

10:41 / 07.07.2025
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi

15:04 / 29.06.2025