2025 yilda 5 million 200 ming aholi bandligini ta’minlash reja qilingan
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, bu yil 5 million 200 ming aholini bandligini ta’minlab, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 30 milliard dollardan oshirish reja qilingan. Yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar va dastlabki natijalar haqida axborot berildi.
Ta’kidlanishicha, yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 32 ta yo‘nalishda yangi yondashuvlar joriy etilyapti. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almashib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tushuntirilib, daromad topishga ko‘maklashiladi.
Ish o‘rinlari va investitsiya o‘zaro bog‘liq. Bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan oyda O‘zbekistonga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham shuncha investitsiya olib kelish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Yig‘ilishda loyihalar bo‘yicha manzilli ishlab, sur’atni keskin oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Yil boshidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga yetgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan ishlab, tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish, yangi korxonalarni eksportga jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi
Jahon | 08:11
-
Bektemirda yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi
Jamiyat | 08:06
-
Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi
Fan-texnika | 01:09
-
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi
Sport | 00:18
Mavzuga oid

22:13 / 11.04.2025
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi

14:14 / 11.04.2025
Britaniya O‘zbekistondagi loyihalarga investitsiya kompaniyalarini jalb qilishga ko‘maklashadi

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

16:04 / 10.04.2025