O‘zbekistonda Polshaga ishchilarni yollash bo‘yicha kompaniya ofisi ochildi
Polshaning Dziennik Wschodni ("Sharq jurnali") haftalik jurnali elektron portalida "O‘zbekistondan ishchilarni yollash – mehnat bozori uchun istiqbollimi?" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Dunyo
Unda ta’kidlanishicha, Polsha mehnat bozori ko‘plab sohalarda malakali ishchi kuchi yetishmasligi muammosiga duch kelmoqda.
"Polsha kompaniyalari Markaziy Osiyodan, birinchi navbatda, O‘zbekistondan kelgan ishchilarga yuqori qiziqish bildiryapti. O‘zbeklar o‘zlarining mehnatsevarligi, o‘z kasbini yaxshi ko‘rishi va intizomliligi, boshqa mutaxassisliklarni egallashga intiluvchanligi uchun Polshada qadrlanadi. Bu o‘z navbatida, Polsha korxonalarining kadrlar yetishmovchiligini samarali to‘ldirish imkonini beryapti", –deb yozadi jurnal.
Materialda, shuningdek, Polshaga ishchilarni yollash jarayonini takomillashtirish maqsadida Worksol Group kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochgan haqida ma’lum qilingan.
"Xavfsiz va munosib mehnat sharoitlari hamda yaxshi maosh – O‘zbekistondan Polshaga salohiyatli ishchilarni jalb qilishda asosiy omil bo‘layotir, – deb yozgan nashr. – Shuningdek, xorijiy tillarni egallashga bo‘lgan yuqori iqtidor, xususan, rus tilini bilish ham polshalik ish beruvchilar bilan muloqotni ancha osonlashtirmoqda".
Dziennik Wschodni jurnalida bosilgan maqola xulosasida, "Polsha agentliklarining Markaziy Osiyo mehnat bozorida o‘z mavqeyini mustahkamlashi xalqaro hamkorlikni kengaytirish va polyak korxonalarini malakali ishchilar bilan ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekistonlik mutaxassislarning Polsha mehnat bozoriga kirib kelishi esa mamlakatimiz uchun ulkan imkoniyatlar taqdim etadi", – deb yozilgan Dziennik Wschodni jurnalida.
Mavzuga oid

08:16 / 01.04.2025
Polsha AQSh bilan 2 mlrd dollarlik havo hujumidan mudofaa bo‘yicha shartnoma tuzadi

23:16 / 28.03.2025
Polshada hamkasbini muntazam ravishda zaharlashga urinib kelgan farrosh hibsga olindi

17:19 / 13.03.2025
Polsha prezidenti yana bir bor AQShni yadroviy qurollarini o‘z mamlakati hududiga joylashtirishga chaqirdi

11:29 / 12.03.2025