Tergov sudyasi shaxsning huquqlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi
Tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi.
Ayrim qonun hujjatlariga tergov sudyalari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish masalalarini qonunchilikda belgilash maqsadida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, tergov sudyasining vakolatlari belgilanib, tergov sudyasi yakka o‘zi ish tutib, Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
Shuningdek, tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish hamda uni ko‘rib chiqish asoslari belgilandi.
Bunda, tintuv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida uni o‘tkazish uchun asoslarni bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish asoslari belgilandi.
Bundan tashqari, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibi belgilandi. Bunda, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid

11:11 / 12.04.2025
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

13:55 / 11.04.2025
2024 yilda Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni olib kirish keskin kamaydi

17:39 / 03.04.2025
«Savdo urushlarida g‘oliblar bo‘lmaydi». Trampning bojlariga dunyo bo‘ylab qanday munosabat bildirilmoqda?

08:35 / 27.03.2025