O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi xalqaro bitim tasdiqlandi
Hukumatlar o‘rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to‘g‘risidagi bayonnoma kuchga kirdi.
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 1996 yil 16 yanvardagi O‘zbekiston va Turkmaniston Hukumatlari o‘rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to‘g‘risidagi Bayonnoma tasdiqlandi.
Bayonnoma 2024 yil 16 iyulda Toshkent shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid

19:07 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

17:54 / 06.06.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish jarayoni boshlandi

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

17:26 / 29.04.2025