DeepSeek SI chat-botining ishga tushirilishi YeI birjalarida vahima keltirib chiqardi
Xitoyning DeepSeek kompaniyasi DeepSeek-R1 bepul sun’iy intellekt chat-botini ishga tushirdi, bu Yevropa va Amerika birjalarida xavotir keltirib chiqardi. Siemens Energy AG aksiyalari deyarli 20 foiz qiymatini yo‘qotdi.

Foto: Shutterstock
Xitoyning DeepSeek kompaniyasi bepul sun’iy intellekt (SI) DeepSeek-R1 chat-botini ishga tushirdi va bu Yevropa fond birjalarida xavotir keltirib chiqardi. Shunday qilib, Frankfurt-Mayndagi Germaniya fond indeksi DAX 0,5 foizga zaiflashdi. 27 yanvar, dushanba kungi savdolar 21.282 nuqtada yopildi.
Eng katta yo‘qotishlarni SI infratuzilmasi uchun elektr jihozlarining yirik yetkazib beruvchisi Siemens Energy AG ko‘rdi. Siemens Energy aksiyalari deyarli 20 foizga arzonlashdi, deya xabar beradi Reuters.
Shu bilan birga, yevrohududdagi 50 ta yetakchi kompaniyaning aksiya aktivlarini birlashtirgan DJ Euro Stoxx 5 188 punktgacha pasaydi.
Amerika texnologiya kompaniyalari ham zarba ostida
Uoll-stritda Amerika texnologiya kompaniyalari ham zarbaga uchradi. Shunday qilib, sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalar uchun mikrochiplarning yangi avlodini ishlab chiqaruvchi Nvidia aksiyalari o‘z qiymatining deyarli 18 foizini yo‘qotdi. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu deyarli besh yil ichida savdodagi eng katta kunlik yo‘qotishdir. AQSh ma’lumotlar markazlari operatorlari va elektr ta’minotchilari ham orqaga qaytishni his qilishdi.
Shu bilan birga, bozor o‘zgaruvchanligini o‘lchaydigan va investorlar kayfiyatining «barometri» bo‘lib xizmat qiluvchi Cboe Volatility Index savdoning ba’zi nuqtalarida 50 foizdan oshib ketdi.
Mavzuga oid

21:36 / 15.04.2025
SCMP: Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi bir nechta yetakchi olimlar to‘satdan vafot etdi

20:54 / 15.04.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?

01:09 / 14.04.2025
Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi

21:35 / 11.04.2025