Shavkat Mirziyoyev «Amirsoy»da Japarov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kurortdagi sharoitlardan hayratga tushganini bildirgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
25 yanvar kuni Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga keldi.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi "Amirsoy" kurort majmuasida Qirg‘iziston prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
Qirg‘iziston prezidenti tog‘-chang‘i majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olingan.
«Barchasi yuqori darajada»
Sadir Japarov Facebook’dagi sahifasida «Amirsoy» chang‘i kurorti haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishib, yuqoridan olingan suratlarni joylashtirdi.
«Davlatimiz hududining 94 foizini tog‘lar egallaydi. Yettita hududimizning har birida shunday kurortlar bo‘lishi mumkin edi. Lekin bizda ular deyarli yo‘q. Nima uchun? Chunki mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan buyon, oddiy odamlardan tortib prezidentlargacha biz faqat siyosat bilan shug‘ullandik. Har kuni mitinglar o‘tkazdik, har kuni to‘ylar bo‘ldi. Iqtisodiyot, turizm va boshqa muhim sohalarga e’tibor bermadik», – degan Qirg‘iziston prezidenti.
«Amirsoy» tog‘-chang‘i bazasiga qarab, lol qoldim. Hamkasbim Shavkat Mirziyoyev bu bazani noldan yuqori darajada qurib chiqibdi. Gap yo‘q. Barakalla. Qanchadan qancha odamlar ish bilan ta’minlangan. Millionlab turistlar bu yerga dam olish uchun kelishmoqda. Servis darajasi Yevropanikidan qolishmaydi. Hammasi yuqori darajada», – deya yozadi Sadir Japarov.
Mavzuga oid

08:00
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi

23:48 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi

20:38 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob qo‘shma bayonotni imzoladi

20:02 / 22.05.2025