Migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo‘linmalari ochiladi.
Prezident tomonidan «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar biriktiriladi.
Shuningdek, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat og‘ir tuman (shahar)lar mahallalarida xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari profilaktika kichik inspektori lavozimi kiritilmoqda va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, maktab bitiruvchilari hamda talabalar bilan ijtimoiy profilaktika choralari doirasida manzilli ishlarni amalga oshirish;
mahallalar hududida sodir etiladigan ayrim turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnomalar tuzish.
Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida quyidagi tuzilmalar tashkil etilmoqda:
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo‘linmalari;
mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llangan shaxslarni maxsus qabulxonalarga olib borish vazifasini amalga oshiruvchi tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari.
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

09:26 / 17.04.2025
Yevroittifoq migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda

20:39 / 11.04.2025