Toshkentda taksichi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘m kredit oldi
Gumondorlar ushlanib, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida taksi haydovchisi uxlab qolgan yo‘lovchining nomiga kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlandi.
Toshkent shahri IIBB xabariga ko‘ra, taksiga chiqqan yo‘lovchi ayol mast holatda bo‘lgan. U telefonini haydovchiga manzil geolokatsiyasini ko‘rsatish uchun bergan va uxlab qolgan. Haydovchi va uning sherigi telefondagi ilova orqali mijoz nomiga 12 million so‘m miqdorida mikroqarz rasmiylashtirgan. Pulni o‘z kartasiga o‘tkazib, bankomatdan yechib olgan.
Toshkent shahri IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ikkala shaxs ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

12:13 / 25.06.2025
Chinozdagi bozorda savdo rastalarida o‘g‘rilik sodir etganlar ushlandi

14:28 / 24.06.2025
Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

16:38 / 13.06.2025