Gurjiston prezidenti 613 nafar mahbusni afv etdi
Gurjistonning yangi prezidenti Mixail Kavelashvili inauguratsiyadan keyin ilk bor mahbuslarni afv etdi.

Foto : People's Power
Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili o‘zining konstitutsiyaviy lavozim vakolatlari doirasida 19 yanvar kuni 600 nafardan ortiq mahbusni afv etdi.
«Men o‘zimning konstitutsiyaviy vakolatlarimdan foydalangan holda 613 nafar mahbusni afv etaman. Afv etilganlarning o‘z oilalariga qaytish va jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lish imkoniyati taqdim etiladi», — deydi Kavelashvili.
Shu bilan birga, u qaysi toifadagi mahbuslar afv etilganiga oydinlik kiritmagan.
Gurjistonda prezidentlik saylovlari 14 dekabrda bo‘lib o‘tgandi. Tarixda birinchi marta uni 300 kishidan iborat saylovchilar kollegiyasi sayladi.
Eng yuqori davlat lavozimiga faqat bir kishi — 53 yoshli sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili nomzodlik qildi. U mavjud 300 ta ovozdan 224 ta to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Saylovni o‘tgan deya tan olishlari uchun kamida 200 ta ovoz talab etilardi.
Mamlakatning oldingi prezidenti Salome Zurabishvili saylov natijalarini tan olmasligi va prezidentlik saroyini tark etmasligini bildirdi. Ammo 29 dekabr kuni ertalab Zurabishvili qarorgohdan chiqib ketdi va Tbilisida to‘plangan norozilik aksiyasi ishtirokchilari oldida chiqish qildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

19:46 / 28.03.2025
Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 488 nafar shaxsni afv etdi

20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

09:04 / 18.03.2025
Tramp: Baydenning ayrim shaxslarni afv etishi - haqiqiy emas

16:13 / 17.03.2025