Eron O‘zbekistonda sitrus mevalar yetishtirishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Romak Co. qishloq xo‘jaligi mahsulotlari logistika markazi va eksport terminaliga tashrif buyurdi.

Foto: "Dunyo" AA
Tashrif doirasida shirkatning faoliyati bilan yaqindan tanishildi va kompaniya direktori Rizo Ganji bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur kompaniya 31 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, asosan sitrus mevalarni saqlash va importga mo‘ljallangan hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Asosiy hamkorlari Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari hisoblanadi. Kompaniya bir yilda 4 million tonna sitrus mevalarini xorijga eksport qiladi.
Muloqot chog‘ida, kompaniya rahbariyatiga O‘zbekistonning salohiyati haqida ma’lumot berilib, mamlakatga sarmoya kiritish hamda ushbu logistika markazi loyihasini amalga oshirish taklifi taqdim etildi.
Eron tomoni O‘zbekiston bilan sitrus mevalari, shu jumladan, kivi, limon, apelsin va mandarin mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qadoqlash hamda eksportga tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

17:26 / 15.04.2025
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi

12:30 / 15.04.2025