Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markaziga direktor tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi direktori etib tayinlandi.
Jaloliddin Asamutdinov 2005 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining bakalavriat, 2008 yil magistratura bosqichini tamomlagan.
Turli yillarda “Tashkent Healthcare” MChJ rahbari, “Ask Doctor” MChJ direktori, Sog‘liqni saqlash vazirligining Lizenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Davlat-xususiy sheriklik, tibbiy turizm va xususiy sektorni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
“Yangi rahbar zimmasiga tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyadan o‘tkazishda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish, ushbu tizimni yanada takomillashtirish, xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini jalb qilish orqali mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bilan bog‘liq qator vazifalar yuklandi”, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025