Lisenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora ko‘rildi
Bitta firma BHMning 200 baravari miqdorida jarimaga tortilgan. Yana ikkitasiga nisbatan to‘plangan materiallar tegishli chora ko‘rish yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Kerakli litsenziyaga ega bo‘lmasdan turib, odamlarni Umra ziyoratiga yuborgan tadbirkorlik sub’yektlariga chora ko‘rilgan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan “Xurmo travel umra” MChJ (Saxiy travel) fuqarolarga litsenziyasiz Umra tadbiri tashkil etib kelgani aniqlangan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Denov shahrida “Anor tour”, Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Sokin travel” nomi ostida jismoniy shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Umra tadbiri tashkil etib kelingani aniqlangan.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan “Xurmo travel umra” MChJ (Saxiy travel)ga nisbatan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan BHMning 200 baravari miqdorida (75 mln so‘m) jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilingan.
“Anor tour” va “Sokin travel” nomlari ostida ishlab kelgan jismoniy shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli chora ko‘rish yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
“Ogoh bo‘ling, Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlangan”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:18 / 27.03.2025
“Marhamat, biz ochiqmiz” – vazirlik yuridik yo‘nalishda litsenziya ololmayotgan oliygohlar bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

17:06 / 19.03.2025
«Umra» faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgan 19 ta firmaga jarima qo‘llandi

15:54 / 14.03.2025
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi

20:07 / 03.03.2025