Myanma harbiy xuntasi 6 mingga yaqin mahbusni ozod etadi
Afv etiladiganlar orasida 180 nafar chet el fuqarosi ham bor. Mamlakatda 2021 yil 1 fevral kuni mamlakat armiyasi saylangan hukumatni egallab olganidan beri tartibsizliklar davom etmoqda.

Foto: Reuters
Myanma harbiy hukumati Mustaqillik kuni munosabati bilan 5864 nafar mahbusga nisbatan afv e’lon qiladi, jumladan, 180 nafar chet el fuqarosi ozod etiladi, deb xabar beradi Reuters.
Myanmada 2021 yil 1 fevral kuni mamlakat armiyasi saylangan hukumatni egallab olganidan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Harbiy to‘ntarish ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan va politsiya ularni to‘xtatish uchun o‘qotar qurollardan ham foydalanishga majbur bo‘lgan.
Data for Myanmar mustaqil tadqiqot guruhiga ko‘ra, harbiylar hokimiyatga kelganidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat guruhlarini qo‘llab-quvvatlash hamda amaldagi hukumatni tanqid qilib yozgan 1691 kishi hibsga olingan. O‘tgan yilning oktyabrida mamlakat xavfsizlik kuchlari mamlakat sobiq harbiy rahbari Tan Shvening kuyovi — 67 yoshli iste’fodagi polkovnik Nay So Maung Facebookʼdagi postlari uchun hibsga olingan edi.
Xunta mamlakatning sobiq rahbari, Nobel laureati Aun San Su Chjini hamon qamoqda ushlab kelmoqda. 79 yoshli ayol 14 ta jinoiy ish bo‘yicha — saylovlarni soxtalashtirishdan tortib korrupsiyagacha aybdor deb topilgan va 27 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning advokatlarining so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident barcha ayblovlarni rad etadi.
Mavzuga oid

10:23 / 03.04.2025
Myanmadagi zilzila: 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi

20:53 / 01.04.2025
Myanmada halok bo‘lganlar soni 2700 dan oshdi. Harbiy xunta vaziyatni og‘irlashtirmoqda

18:20 / 31.03.2025
Myanmadagi zilzila: tirik qolganlar xarobalar ostidan chiqarib olinmoqda, ammo yuzlab kishilar bedarak ketgan

15:51 / 30.03.2025