Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda Nexia-3 yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urildi
Joriy yilning 3 yanvar kuni Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.T. Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida haydovchi tan jarohat olganligi sababli shifoxonaga murojaat qilgan.
"Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchining halok bo‘lganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar mutlaqo yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu xabar yuzasidan haydovchi bilan suhbatlashilganda, bu xabarni uning o‘zi va yaqinlari tomonidan tarqatilganligini ma’lum qildi", deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotida.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

07:01 / 07.07.2025
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi

10:41 / 03.07.2025
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

19:47 / 11.05.2025