«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
Hashamatli uy shu yilning may oyida 5,25 million dollarga sotuvga qo‘yilgan edi.

Foto: AP
Amerikaning Chikago shahri chekkasida joylashgan va 1990 yilda Makoley Kalkin ishtirokidagi «Uyda yolg‘iz» mashhur komediyasi suratga olingan uy o‘z xaridorini topdi.
Coldwell Banker Realty ko‘chmas mulk agentligi veb-saytida uyning sotilganini anglatuvchi belgi paydo bo‘ldi. Hashamatli uy shu yilning may oyida 5,25 million dollarga sotuvga qo‘yilgan edi.
Bungacha uy 2012 yilda 1,58 million dollarga sotilgan edi. Yangi egalari keng ko‘lamli qayta qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirdi. Jumladan, katta «qishki bog‘», basketbol maydonchasi va kinozal qurildi. Ikkinchi qavatga eltuvchi asosiy zinapoya ham o‘zgartirildi, filmdagi bosh qahramon u orqali chanada sirpangan edi.
«Uyda yolg‘iz» filmining faqat bir nechta epizodlari bu uy ichida, ko‘pchilik asosiy epizodlar qo‘shni maktabning sportzalida suratga olingan.
Film qahramoni Makoley Kalkin avvalroq bu uyni sotib olish haqida o‘ylayotganini aytdi. U film muxlislari kelishi va masalan, zinapoyadan pastga sirpanib tushishi yoki boshqa sahnalarni o‘ynashi uchun attraksionga aylantirish g‘oyasiga ega edi. Ammo, aktyor so‘zlariga ko‘ra, hayot bu rejalarga xalaqit berdi. «Mening bolalarim bor va men band odamman», deb tushuntirdi u.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46 / 18.04.2025