O‘zbekiston Finlandiyaning bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish tajribasini o‘rgandi
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova rahbarligida idoralararo tarkibdagi delegatsiya bolalarga nisbatan zo‘ravonlik oldini olish yuzasidan tajriba o‘rganish maqsadida Finlandiya davlatida xizmat safarida bo‘ldi.

Foto: "Dunyo" AA
Delegatsiya dastlab Finlandiyaning o‘ziga xos noyob tajribasi namunasi bo‘lgan Walkers: Children of the Station jamoat tashkiloti amaliyotini o‘rgandi. So‘ng Finlandiya Milliy tergov byurosining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarini tergov qilish boshqarmasida o‘zbek delegatsiyasiga global internet davrida Finlandiyada bolalarning daxlsizligiga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlar bo‘yicha kriminologik vaziyat, amaldagi tergov algoritmlari, preventiv choralar va sudga qadar yurituv bosqichlari haqida delegatsiya a’zolariga batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Finlandiyaga xizmat safari davomida Save the children tashkiloti, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi faoliyati keng o‘rganildi.
Delegatsiya vakillari bola manfaatlarini himoya qilishga oid Finlandiyaning ko‘plab noyob loyihalarini yanada chuqurroq o‘rganish va ularni O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvlar davomida taraflar O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlikni bola huquqlari sohasida yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

22:49 / 27.06.2025
Yevroparlament Finlandiyaga Rossiya bilan chegarani yopishga ruxsat berdi

12:17 / 19.06.2025
Qashqadaryoda kombayn ichiga tushib ketgan uch yoshli bola shifoxonaga yotqizildi

23:56 / 18.06.2025
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV

20:49 / 09.06.2025