“Chorva va bog‘ bizni boqdi”: tog‘ bag‘ridagi baxtli oila
Farg‘ona tumani tarkibiga kiruvchi, atrofi Qirg‘izistonning Botken viloyati hududi bilan o‘ralgan Yordon qishlog‘iga ham qish o‘z hukmini o‘tkazdi. Uylarga pechka qurilgan, mo‘rilardan tutun burqsiydi. Purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan qishloq ahli chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul. Har bir yordonlikning olma yoki yong‘oq bog‘i, qo‘rasida echkisi, qoramol va qo‘yi bor. Kun.uz muxbiri qishloqda yashovchi 84 yoshli Rahmatillo ota Kengashev oilasida bo‘lib, ularning kunlik yumushlari bilan tanishdi.
Rahmatillo ota Kengashev turmush o‘rtog‘i Salimaxon aya Kengasheva bilan 5 farzandni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazdi, ularni uyli-joyli qildi. Ko‘p yillar kolxozda ishlab hozirda keksalik gashtini surayotgan Salimaxon aya o‘tmishdagi xotiralarni yodga oldi:
“Mehnat bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, tanangizda qon yuradi. Dangasalik kasallik chaqiradi. Turmush o‘rtog‘imning yoshi 84 da, men esa 74 yoshman. Lekin hali ham tinmaymiz. Er-xotin ikkimiz farzandlarimning qarshiligiga qaramay uy yumushlari bilan mashg‘ulmiz.
40 yil kolxozda mehnat qildim. 10 yil Qirg‘izistonda yashab, fermada ishladim. U yerda mol va echki boqib sog‘ardim. Bu mehnatlar ortidan yomon bo‘lganimiz yo‘q. Sigir va echki sutidan qurt va saryog‘ tayyorlab sotdik oila tebratish uchun.
Kolxoz paytida asosan kartoshka va makkajo‘xori ekardik. 7 sotix kartoshka chopsak, 2,5 so‘m haq yozardi.
Turmush o‘rtog‘im Shohimardon qishlog‘idagi sanatoriyada elektrik, kezi kelganda qorovul bo‘lib ishladi. Hozirda ikkimiz bir bo‘lib 1,5 mln so‘m pensiya olamiz. Bu chol-kampirga yetadi. Tog‘ bag‘rida 80 sotix yerimiz bor, 80 tup o‘rik ekkanmiz bu bog‘ga. Tirikchilik shu bog‘dan: o‘rik quritib sotamiz”, deydi Salimaxon aya.
Tasvirga olish jarayonidan so‘ng oilaning yaqinlari tahririyatga Rahmatillo ota Kengashevning 84 yoshida vafot etgani haqida ma’lum qildi.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oldi olingan to‘ntarish, qayta tekshiriladigan GES va qimmatlagan go‘sht - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:20
-
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 09:37
-
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport | 09:20
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
Mavzuga oid

15:12 / 14.01.2025
“Qishloq maza, tinch va sokin” - Yordonda qish

14:39 / 10.11.2016