“Bu shahar ichidagi, hamma qarshi bo‘lgan bomba edi” - Farg‘onadagi portlash haqida guvohlar nima deydi?
Hodisadan keyin “zapravka” hududidan o‘tuvchi ko‘chada harakat cheklangan va atrof o‘rab olingan. AGQSh yaqinida yashovchilarga esa yana gaz sizib chiqayotgani aytilib, aholi yashash uylaridan tashqariga chiqarib yuborilgan. Bu esa odamlar sarsongarchiligiga sabab bo‘lmoqda. “Zapravka” aholining boshiga musibat keltirdi, talafot ko‘rganlar juda ko‘p”, demoqda Kun.uz’ga intervyu bergan fuqarolar.
Farg‘ona shahridagi portlash katta talafot keltirdi. Kun.uz muxbiri hodisa sodir bo‘lgan kunning ertasiga hududda bo‘lib, guvohlar bilan suhbatlashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisadan keyingi kun AGQSh oldidan o‘tuvchi yo‘lda harakat cheklangan.
“Zapravka” qurilayotgan paytda qarshilik qilgandik. Lekin ular arz-dodimizga quloq tutmadi. Endi esa jabrini oddiy xalq tortyapti. Odamlar o‘ldi. Uyimiz vayron bo‘ldi.
Portlashdan keyin ham uydan sovuqqa haydab chiqarishyapti. Yana gaz sizib chiqayotgan emish. Uyimiz gazdan uzilgan, ovqat qila olmayapmiz. “Svet” yoqishga qo‘rqib qolganmiz. Yosh go‘daklar qishning qirovli kunida ko‘chada izg‘ishyapti. “Zapravka” aholining boshiga musibat keldirdi. Hukumatimizdan yana bunday dahshatli hodisa takrorlanmasligi uchun shahardagi barcha “zapravka”larni turar joylardan chetga ko‘chirib berishlarini iltimos qilamiz”, deydi hodisa yuz bergan hududda yashovchi fuqaro.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hududda yashovchi aholi stress holatini boshdan kechirmoqda. Ayniqsa, hodisa yosh bolalarga qattiq ta’sir qilgan.
17 dekabr kuni sodir bo‘lib portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, ular orasida bolalar ham bor.
Kun.uz'ning aniqlashicha, portlagan shoxobcha Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov oilasiga mansub shaxslarga tegishli.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong
O‘zbekiston | 14:13
-
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:41
-
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 12:24
-
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
Sport | 10:12
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

08:14 / 04.04.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

08:26 / 01.04.2025