Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taqdirladi.

Foto: Madaniyat vazirligi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bugun, 13 dekabr kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni qabul qildi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Sadir Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim bo‘g‘in bo‘lib, mushtarak tarix, til, madaniyat va an’analar bilan bog‘langanini alohida ta’kidlagan.
«Xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari birlashtirib turadi. 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi va bu hamkorlikni mustahkamlashda madaniyat muhim o‘rin tutadi», — degan Sadir Japarov.
Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti 2025 yilda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki xalqning yanada yaqinlashishida muhim voqea bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Sadir Japarov Ozodbek Nazarbekovni Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taqdirlangani bilan tabriklab, uning mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Qirg‘iziston milliy filarmoniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Nur Omurbayevga O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvoni, Qirg‘izistondagi erkin ijodkor, komuz sozandasi Duyshenbek uulu Zakirbekka O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist faxriy unvoni berilgan edi.
Mavzuga oid

21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi

16:31 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

18:24 / 03.04.2025
Chegara muammolari hal bo‘ldimi? Markaziy Osiyoning bugungi manzarasi – ekspertlar nigohida

20:07 / 02.04.2025