O‘zbekiston va Fransiya yo‘l va aeroport qurilishi sohalarida muhandislarni birgalikda tayyorlaydi
O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Fransiyaning ESTP Paris oliy muhandislik maktabi bosh direktori Joel Kyuni bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Fransiya tomoniga O‘zbekistonda muhandislarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Ushbu yo‘nalishda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Joel Kyunining aytishicha, ESTP Paris oliy muhandislik maktabi qurilish, energetika, yo‘l va aeroport qurilishi, suv infrastrukturasi kabi sohalarda mutaxassislarni tayyorlaydi. Shuningdek, maktab bir nechta ixtisoslashtirilgan magistrlik kurslarini ham taklif qiladi. Ma’lum qilinishicha, ESTP dunyoning 46 mamlakati bilan hamkorlik o‘rnatgan va xalqaro aloqalarni kengaytirish jarayoni davom etmoqda.
"ESTP bitiruvchilari uchun ikki tomonlama diplom (dual diploma) berish dasturi joriy qilingan. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda o‘zbek muhandislarining yangi avlodini tayyorlashda sheriklik aloqalarini o‘rnatishga tayyormiz", dedi maktab rahbari.
Mavzuga oid

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

21:21 / 28.05.2025
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

20:15 / 27.05.2025