O‘rta Chirchiq tumanidagi korxonada portlash: 1 kishi vafot etdi, 6 kishi shifoxonaga yotqizildi
5 dekabr kuni ertalab Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov-oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: FVV
5 dekabr kuni soat 07:46 da Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, «Kim Pen Xva» MFY Qutb Yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
FVVning ma’lum qilishicha, portlash oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor A.X.Qo‘ldoshev yetib borgan hamda uning rahbarligida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Shuningdek, hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, prokuratura, IIB, SSB, «Hududgazta’minoti» rahbar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyida amaliy harakatlarni olib bormoqda.
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

22:12 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:57 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi

18:12 / 31.03.2025