Toshkent xalqaro aeroportida tuman tufayli samolyotlarni qabul qilishga cheklovlar joriy etildi
Cheklovlar tufayli Silk Avia, Uzbekistan Airports, UTair va Centrum Air aviakompaniyalarining reyslari Samarqand va Buxorodagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports AJ Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Samarqanddagi muqobil aerodromga quyidagi reyslar yo‘naltirilgan:
- Silk Avia aviakompaniyasining Farg‘ona — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha US402;
- Uzbekistan Airports aviakompaniyasining Bishkek — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY778;
- UTair aviakompaniyasining Surgut — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha UTA-709;
- Centrum Air aviakompaniyasining Dubay — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha MFX-352.
Shuningdek, Uzbekistan Airports aviakompaniyasining Grozniy — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi. O‘shanda Uzbekistan Airports aviakompaniyasining Istanbul — Farg‘ona yo‘nalishidagi reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid

20:31 / 20.03.2025
Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi

16:16 / 15.03.2025
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining 1-bosqichi yakunlandi

12:22 / 08.12.2024
Ikki xil munosabat ostida qolgan aviaspotterlar: ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va muammolar

16:37 / 01.09.2024