Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Sibir poytaxtida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib olgan yurtdoshlar bo‘lgan oila mamlakat Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Novosibirskda farzandining hujjatlari bilan bog‘liq muammolari tufayli yurtga qayta olmayotgan vatandoshlarga yordam berildi. Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Natijada bola va uning hujjatlari aeroportda ota-onasiga topshirildi.
Ta’kidlash kerakki, bola uchun barcha hujjatlar Bosh konsulxona sa’y-harakatlari bilan Rossiya tomonidan bir necha soat ichida tayyorlandi.
Ushbu oila Rossiyaning S7 aviakompaniyasi samolyoti bilan O‘zbekistonga uchib ketdi.
Mavzuga oid

08:10
Duma rossiyaliklarni chet el tashkilotlari bilan hamkorlik uchun 7 yilgacha qamashga ruxsat berdi

23:40 / 08.04.2025
Rossiya aviakompaniyalariga chet el samolyotlarini ekipaji bilan birga ijaraga olishga ruxsat berildi

20:13 / 08.04.2025
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi

18:15 / 08.04.2025