Britaniya Microsoftʼga qarshi 1,27 mlrd dollarlik antimonopoliya da’vosini kiritdi
Amerika texnologik korporatsiyasi Britaniyadagi Windows Server operatsion tizimidan foydalanuvchi korporativ mijozlarga nisbatan narxlarni oshirganlikda ayblanmoqda.

Foto: Reuters
Buyuk Britaniyada Amerikaning Microsoft texnologik korporatsiyasiga nisbatan antimonopoliya da’vosi kiritildi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Qayd etilishicha, hujjat Scott+Scott yuridik firmasi tomonidan topshirilgan. Microsoft Britaniyadagi Windows Server operatsion tizimi va raqobatchi kompaniyalarning bulutli platformalaridan foydalanuvchi korporativ mijozlarga nisbatan narxlarni oshirganlikda ayblanmoqda. 1 milliard funt sterlingli (1,27 milliard dollar) da’voni Raqobat masalalari bo‘yicha apellyatsiya sudi ko‘rib chiqadi.
Noyabr oxirlarida AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) Microsoftʼga qarshi keng ko‘lamli antimonopoliya tergovini boshlagan edi. FTC Microsoftʼga ming varaqdan iborat talablarini yo‘llagan. Ta’kidlanishicha, Amerika regulyatori Microsoftʼning bulutli hisoblash biznesini o‘z mahsulotlari kiberxavfsizligi bilan bog‘liq bir qator hodisalardan so‘ng diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Undan oldin Microsoft kompaniyasi Googleʼni o‘zining regulyator va siyosatchilar oldidagi pozitsiyasini buzishga yo‘naltirilgan «yashirin kampaniya» uyushtirganlikda ayblagandi. Microsoft hisob-kitoblariga ko‘ra, Googleʼga qarshi kamida 24 ta antimonopoliya tergovi olib borilmoqda. Alaylining fikricha, Googleʼning ikkita asosiy maqsadi bor: Microsoftʼni yomonlash orqali nazorat qiluvchi organlar e’tiborini chalg‘itish, shuningdek, o‘z yutuqlari asosida raqobatga kirishmasdan, tartibga solish landshaftini bulutli servislari foydasiga burib yuborish.
Mavzuga oid

16:04
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

23:24 / 09.04.2025
Britaniyalik rassomning 10 funtga xarid qilingan kartinasi 1 mln funtga sotilishi mumkin

20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

18:29 / 09.04.2025