943 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Buxoro viloyatida 943,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
«O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Romitan tumanida joylashgan «A.F.F.» fermer xo‘jaligi mas’ullari tomonidan elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 943,7 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025
O‘zbekistonda birinchi raqamli elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi

16:13 / 14.03.2025