Turkish Airlines 23 noyabrga rejalashtirilgan qator parvozlarini bekor qildi
Parvozlar Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron sabab bekor qilingan. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarga o‘z parvozi holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya qildi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi 23 noyabr kuni rejalashtirilgan 38 ta parvozni bekor qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi (https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona/2155).
Qayd etilishicha, reyslarning bekor qilinishiga Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron sabab bo‘lgan. Bekor qilingan reyslar orasida:
- 10 ta ichki reyslar,
- 28 ta xalqaro reyslar mavjud.
Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha Meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilingan.
Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
«O‘z parvozingiz holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya etamiz», — deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Mavzuga oid

15:45 / 02.06.2025
Kiyevning Istanbuldagi muzokaralar uchun takliflari ma’lum bo‘ldi

14:28 / 02.06.2025
Lavrov va Rubio Istanbuldagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi

10:50 / 02.06.2025
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi

20:07 / 01.06.2025