Farg‘onada to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi
Ular turli joylarda xot-dog iste’mol qilgan va shundan zaharlangan bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images
Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Canepidqo‘mita xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 6 noyabr kuni tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga 4 nafar bemor oshqozon-ichak faoliyati funksiyasining buzilishi tashxisi bilan yotqizilgan. Xabarnomaga asosan Canepidqo‘mita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilgan.
Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 5 noyabr kuni tushlik vaqtida O‘zbekiston tumani, Yaypanbozorbosh mahallasidagi fastfud shoxobchasida xot-dog iste’mol qilgani, yana 2 nafari Oqtepa mahallasidagi fastfud shoxobchasida xot-dog iste’mol qilgani aniqlangan.
Bemorlarning umumiy holati qoniqarli ekani ta’kidlanmoqda.
Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:43 / 11.03.2025
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

19:32 / 23.10.2024
AQShda McDonaldʼs chizburgerlaridan o‘nlab insonlar zaharlandi. Bir kishi vafot etdi

10:38 / 29.09.2024
«Barcha erishganlarimiz kitob ortidan» – kitob o‘qib Spark yutgan yosh oila

10:57 / 12.09.2024