Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi
Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygan.

Foto: AP
2024 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholisining 15 million 89 ming nafari (41 foiz) iqtisodiy faol, ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, ish bilan band aholining 14 million 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.
Xususan:
- rasmiy sektorda – 6,8 million (48 foiz);
- norasmiy sektorda – 5,5 million (38,8 foiz);
- xorijda ishlayotganlar – 1,9 million (13,6 foiz).
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 ming 24 ming nafar bo‘lgan).
Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygan.
Mavzuga oid

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

17:25 / 28.03.2025
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

17:50 / 27.03.2025
O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi

08:41 / 08.03.2025