Magistraturaga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi
Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat etishi mumkin.

Foto: Getty Images
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berilgan.
Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid

12:52 / 05.06.2025
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

08:49 / 04.06.2025
Prezident maktablariga qabul jarayoni rasman boshlandi

10:23 / 03.06.2025
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilar hujjatlarini qabul qilish boshlandi

08:02 / 28.05.2025