Isroilning Bayrutda Rafiq Haririy kasalxonasi yaqinidagi hujumida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi
Kechasi Livan poytaxtidagi Rafiq Haririy davlat kasalxonasi atrofi Isroil samolyotlari tomonidan zarbaga uchradi.

Foto: Anadolu Agency
Livan poytaxti Bayrutdagi Rafiq Haririy davlat kasalxonasi yaqinida bir kecha-kunduzda Isroil havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi, 57 kishi yaralandi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Jyena hududidagi Rafiq Haririy davlat shifoxonasi atrofi tunda Isroil samolyotlari tomonidan zarbaga uchragan.
Qayd etilishicha, Isroil havo hujumida 13 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 57 kishi jarohatlangan, ulardan 7 nafarining ahvoli og‘ir.
Isroil hujumi Rafik Haririy davlat kasalxonasiga katta zarar yetkazgani bildirildi.
Avvalroq Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Rafiq Haririy davlat shifoxonasi yaqinidagi hududda Isroil havo hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani va 24 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid

13:46 / 18.04.2025
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti

19:46 / 17.04.2025
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi

13:43 / 15.04.2025
Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi

08:45 / 15.04.2025