Instagram hech qanday izohsiz eski videolarni skrinshotlarga aylantirib qo‘ymoqda
Mazkur yangilik ko‘plab foydalanuvchilar g‘azabiga sabab bo‘ldi, chunki ular ijtimoiy tarmoqqa ishonib, videolarini telefon xotirasidan o‘chirib tashlagan.

Foto: Depositphotos
Instagram ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining arxivlardagi eski videolarini skrinshotlarga almashtirib qo‘ymoqda. Mazkur yangilik ko‘plab foydalanuvchilar g‘azabiga sabab bo‘ldi, chunki ular ijtimoiy tarmoqqa ishonib, videolarini telefon xotirasidan o‘chirib tashlagan.
Tarmoq foydalanuvchilari Instagram tarixi (stories) arxivlarida g‘alati holatni payqay boshlagan. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, eski videolar avtomatik ravishda o‘zgarmas tasvirga aylanib qolgan. Bunday holat 2017 yilgacha joylashtirilgan videolarga taalluqli, ayrimlarda esa 2022 yilgi videolarda ham shu kabi muammo kuzatilgan — ular to‘liq video o‘rniga faqat birinchi kadrni ko‘rmoqda xolos.
Foydalanuvchilar endilikda o‘z stories’lari arxivi videoarxiv emas, xuddi skrinshotlar jamlanmasiga o‘xshab qolganidan norozi. Bu esa hayotidagi muhim voqealarni arxivda saqlaganlarning jahlini chiqarmoqda.
«2017-2018 yilgi barcha videolar qandaydir skrinshotlarga aylanib qoldi», «Meni 2019 yildan boshlab joylagan videolarim yuklanmayapti, axir u yerda shuncha xotiralarim saqlangan edi», «Instagramʼni ko‘rarga ko‘zim yo‘q. Shuncha xotiralarimni saqlab kelardim, endi esa undan ma’ni yo‘q», — deb yozmoqda platforma foydalanuvchilari.
Instagram hozirga qadar mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bermadi. Bu esa foydalanuvchilar o‘rtasidagi xavotirni yanada oshirmoqda.
Mavzuga oid

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi

22:30 / 02.01.2025
“Chumoli”: noldan ko‘tarilgan yigitlar hikoyasi

19:29 / 02.01.2025