O‘zbekiston 2027-2028 yillarda elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni yakunlaydi – Jamshid Qo‘chqorov
Islohotlar elementi aynan samaradorlikni oshirish va tabiiy gaz yo‘qotilishini kamaytirish ekani ta’kidlandi.

Foto: RuTube
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida so‘zlagan nutqida tabiiy gazni qazib olish sohasidagi rejalar haqida gapirdi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 2027-2028 yillarda elektr energiyasi va tabiiy gaz ulgurji bozorlariga chiqmoqchi.
«2028 yilda tabiiy gazning ulgurji bozoriga, 2027 yilda esa elektr energiyasi bozoriga o‘tishni yakunlamoqchimiz. Gaz ishlab chiqarish o‘zimizning kompaniyalar tomonidan, ham mahsulot taqsimoti shartnomasi doirasida amalga oshiriladi, bu bo‘yicha ishlayotgan yangi kichik kompaniyalar ham mavjud.
Biz O‘zbekistonning tog‘-kon bozorida ko‘proq kompaniyalar bo‘lishini istaymiz. Islohotlar elementi sifatida aynan samaradorlikni oshirish va tabiiy gaz yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida gaz taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga o‘tkazish dasturini qabul qildik. Buxoro viloyatida shunday loyiha tayyorlayapmiz. Bu ham tabiiy gaz yo‘qotilishining oldini oladi deb umid qilamiz», dedi Qo‘chqorov.
U Turkiya yiliga qariyb 63 milliard kub metr tabiiy gaz iste’mol qilishini, O‘zbekiston ham deyarli shuncha iste’mol qilishini, ammo aholisi va iqtisodiyoti Turkiyanikidan kichik ekanini eslatdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
Jahon | 11:01
-
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi
Jahon | 11:00
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025