Samarqandda mayning ferma 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyani noqonuniy ishlatgani aniqlandi
Fuqaro tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Samarqand viloyatida juda katta miqdorda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etilgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Toyloq tumani, "Chorog‘bon" MFYda yashovchi E.S. tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro ushbu qoidabuzarlik oqibatida 5 mlrd 528 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

15:18 / 02.06.2025
Elektr va gaz narxlarining o‘zgarishi. Bu iste’mol hajmi va ta’minot darajasiga qanday ta’sir qildi?

19:00 / 30.05.2025