Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi
Issiqko‘ldagi pansionatlar faoliyati to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma O‘zbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlandi.

Foto: w-sail.com
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida Issiqko‘l viloyatida joylashgan kurort va dam olish maskanlari to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqdagi hujjat (.pdf) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi saytida e’lon qilindi.
Hujjat ko‘l qirg‘og‘ida joylashgan rekreatsiya zonalariga egalik huquqini tartibga solish, shuningdek, ularning keyingi faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Ro‘yxatga «Markaziy Osiyoning oltin qumlari» (sobiq «Bosteri»), «Rohat-NBU» (sobiq «Raxat»), «Dilorom» (sobiq «Enesay»), shuningdek, qurilishi tugallanmagan «Bo‘ston» pansionatlari kiritilgan.
Qirg‘iziston ushbu obektlarga egalik huquqini O‘zbekistonga o‘tkazadi. O‘zbekiston esa ushbu obektlarga bo‘lgan mulk huquqini amalga oshirish uchun vakolatli tashkilotlarni belgilaydi.
«Toshkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatiga «Markaziy Osiyoning oltin qumlari» pansionati, Milliy Bankka «Rohat-NBU» uyi, «Asakabank»ga «Dilorom» pansionati, «O‘zsanoatqurilishbank»ga «Bo‘ston» pansionatiga nisbatan vakolat beriladi.
Bitim 2024 yil 18 iyul kuni Toshkent shahrida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi ushbu kelishuvni 23 sentabrda tasdiqlagan.
Mavzuga oid

17:12
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025