Isroil «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘ldirilganini e’lon qildi
«Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrulloh guruhning Bayrutdagi qarorgohiga berilgan zarbada halok bo‘ldi, deya xabar beradi TsAHAL.

Foto: Reuters
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Isroilning Bayrutga bergan zarbasi natijasida «Hizbulloh» harakati rahbari Hasan Nasrulloh o‘lganini ma’lum qildi.
«Hizbulloh» tashkiloti rahbari va uning asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh «Hizbulloh» janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va boshqa «Hizbulloh» qo‘mondonlari bilan birga TsAHAL tomonidan yo‘q qilindi», — deyiladi Isroil armiyasi 28 sentabr, shanba kuni bergan bayonotida.
Jangchilar yetakchisi bir kun avval, «Hizbulloh» rahbariyati uchrashuv o‘tkazgan Bayrut janubi Dahiya tumanidagi guruh qarorgohiga berilgan «aniq havo hujumi» natijasida o‘ldirilgan, deya xabar beradi TsAHAL.
Hasan Nasrulloh Livandagi harakatga o‘ttiz yildan ortiq rahbarlik qilgan.
Isroil Livanda «Hizbulloh» yetakchilari yo‘q qilingani haqida xabar berdi
28 sentabrga o‘tar kechasi TsAHAL Livan janubida «Hizbulloh» raketa bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Ali Ismoil va uning o‘rinbosari Husayn Ahmad Ismoil yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Aytilishicha, ular bilan birga guruhning o‘sha bo‘linmasining yana bir qancha komandirlari yo‘q qilingan.
«Muhammad Ali Ismoil Isroil davlatiga qarshi ko‘plab terrorchilik xurujlari, jumladan, Isroil hududiga raketa hujumi uyushtirish va chorshanba kuni Isroil markaziga «yer-yer» sinfidagi raketa uchirilishi uchun javobgardir», — deyiladi TsAHALning Telegram-kanalida.
Netanyahu: Isroil «Hizbulloh»ni yo‘q qilishga «to‘liq haqli»
Binyamin Netanyahu 27 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chog‘ida Isroil «isroilliklarni Livan bilan chegaradagi uylariga qaytarish uchun «Hizbulloh»ni yo‘q qilishga to‘la haqli», deb ta’kidladi. «Terrorchilar El-Paso va San-Diyego (Meksika bilan chegaradosh Amerika shaharlari)ni arvoh shaharlarga aylantirgan holatni tasavvur qilib ko‘ring. AQSh hukumati bunga qachongacha chidagan bo‘lardi?» dedi u. So‘ngra Isroil «bir yildan beri bu chidab bo‘lmas vaziyatga chidab kelayotganini» qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

13:46 / 18.04.2025
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti

19:46 / 17.04.2025
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi

13:43 / 15.04.2025